O‘zbekistondagi qariyb 400 nafar davlat xizmatchisi bir vaqtda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi
3 ta vazirlikning 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Mazkur vazirliklarga Aksilkorrupsiya agentligi tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi
Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi.
Bojxona brokeri faoliyati hamda xalqaro kuryerlik jo'natmalarini yetkazib berish bo'yicha faoliyat takomillashtiriladi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi qonunga qo'shimchalar kiritildi.
OTB ko‘magida 100 ta bolalar bog‘chasi quriladi yoki qayta ta’mirlanadi
2025-yilning 4-choragida Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida 20 000 o‘rinli 100 ta maktabgacha ta’lim muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari rejalashtirilmoqda.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shimcha vazifalar yuklatildi
2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo'yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.
Toshkent shahar IIBB talabalarni uyni ijaraga olishda firibgarga aldanib qolishdan ogohlantirdi
IIBB poytaxtga kelib ta’lim oluvchi talabalar uchun ijara uylarga joylashishda nimalarga ahamiyat qaratish haqida tavsiyalar berdi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $39,15 mlrdga yetdi
Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $39,15 mlrdga yetdi.
O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi
Davlat qarzining 30,9 mlrd dollari – tashqi qarz, 6,1 mlrd dollari esa – ichki qarzni tashkil etadi.
Parijda 2024 yilgi Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi
Umumiy medallar hisobida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 10 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 13-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston bo‘ylab “Biz — donormiz!” aksiyasi o‘tkaziladi
9−13-sentabr kunlari “Yuksalish” harakati hududiy qon quyish markazlari bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha hududlarida qon topshirish aksiyasini o‘tkazadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11513 | Инструменты