O‘zbekistondagi 3 ta vazirlikning 398 nafar boshqaruv xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi aniqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar qildi.
Xususan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularda faoliyat yuritayotgan 398 nafar boshqaruv xodimi 449 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.
Jumladan, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 93 nafar boshqaruv xodimi 112 ta tadbirkorlik subyektida, Suv xo‘jaligi vazirligining 26 nafar boshqaruv xodimi 35 ta tadbirkorlik subyektida hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 279 nafar boshqaruv xodimi 302 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.
"Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan tegishli taqdimnomalar kiritilib, qayd etilgan qonun buzilishi holatlariga chek qo‘yildi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11517 | Инструменты