Huawei 1
“AKROM-MED-FARM” MCHJga tegishli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalari muomalasiga chek qo‘yish maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridagi tekshiruvda Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan “AKROM-MED-FARM” MCHJga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan “AKROM-MED-FARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022 yil 16 avgustda berilgan 916-sonli litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi. Hamda “AKROM-MED-FARM” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini maʼlum qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102218 | Инструменты