Huawei 1
25-noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Tanzila Narbayeva Qozog‘iston va Rossiya parlament palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston parlamenti bilan aloqalarni yangi mazmun bilan boyitish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, hududiy vakillik organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga eʼtibor qaratildi.

O‘zbekiston—Xitoy o‘rtasida viza tartibi yanada erkinlashtirilishi kutilmoqda

Muzokaralar chog'ida, Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O'zbekiston – Xitoy o'rtasidagi sohaga oid me'yoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.

O'zbekiston Namunalar bo'yicha qonunlar to'g'risidagi shartnomani imzoladi

Ar-Riyoz shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan tashkil etilgan diplomatik konferensiyada Namunalar bo'yicha qonunlar to'g'risidagi shartnoma loyihasi ko'rib chiqildi va O'zbekiston tomonidan imzolandi.

Prezident parlament majlisidagi nutqida eng ko‘p qaysi so‘zlarni ishlatdi?

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi nutqida jami 3318 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 23 harfdan iborat bo‘lib, bu siyosiy va iqtisodiy mavzularga xos murakkab atamalar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga nutqda qo‘llanilgan so‘zlar o‘rtacha 7 ta harfdan iborat bo‘lgan.

Shuhrat Ibragimov Bosh vazir yordamchisi — Bosh vazir qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlandi

Shu munosabat bilan, Sarvar Ashurov Bosh vazirning yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri lavozimidan ozod qilindi.

Shavkat Mirziyoyev: Ijro organini hammasini Yangi Toshkentga ko‘chirishni reja qilyapmiz

"Tasavvur qilinglar katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yo‘q [hudud] bo‘lib, odamlar bundan faqat foyda ko‘radi", — dedi prezident.

Toshkentda ikra va dengiz mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paydi

Poytaxt IIB fuqarolarni ogohlikka, ishonchli sotuvchilardan tovar sotib olishga chaqirdi.

Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi

Andijon mashinasozlik instituti, Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining Andijon fakultetida tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini ushbu institutda davom ettiradi.

Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi

O'zbekistonda tibbiyotning birlamchi bo'g'inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro'yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko'rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan erkak o‘zini osib joniga qasd qildi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Komil Allamjonovga nisbatan suiqasdda gumonlanayotganlar soni 7 kishiga yetdi

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lganlar soni jami 7 kishini tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha ulardan 5 nafari qamoqqa olingandi, qidiruvda bo‘lgan ikki kishidan biri Qozog‘istonda, boshqasi Janubiy Koreyada ushlangan.

O‘zbekistonning doimiy vakili IHT rahbariga ishonch yorlig‘ini topshirdi

Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi UNA-OIC maʼlum qilishicha, Bosh kotib Husayn Ibrohim Toha O'zbekistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nodirjon Turg‘unovni o‘z idorasida qabul qildi.

Xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi

“Adolat” SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasi kuchaytirilishiga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilgan va Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasining bir qismi 1 oyga yopiladi

Ta’mirlash ishlari sabab Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasining Said Baraka ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan 200 metr qismi 25-dekabrgacha yopiladi.

Toshkentdagi pulli “parkovka”larni tashkil etish bo‘yicha auksionda Balcomuz kompaniyasi g‘olib chiqdi

Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab pulli avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun savdolar bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga avtomobil sanoatidagi rejalar haqida axborot berildi

Kelasi yil 450 mingta avtomobil ishlab chiqarish va eksportni 700 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Hududiy korxonalar bilan kooperatsiyani kuchaytirib, mahalliylashtirishni oshirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqilgan. Xususan, 700 ta detalni o‘zlashtirish bo‘yicha 325 million dollarlik 63 ta loyiha amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112520 | Инструменты