Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda o‘smir qizlarning janjali aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum bo‘lishicha, ushbu holat joriy yilning 2 noyabr kuni soat taxminan 13:00 atrofida sodir bo‘lgan.
Unda 2008 yilda tug‘ilgan qiz D.R. 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan singlisi R.X. dugonalari bilan urishganligini eshitib, Xo‘jaobod tumani Obod ko‘chasiga borgan. Shunda tarafma-taraf bo‘lib urishayotganligini ko‘rib singlisini dugonasi M. bilan R. ismli qizlarning urishayotgan holatni o‘zining telefoniga videotasvirga olib, Instagram‘dagi sahifasiga joylashtirgan.
Aniqlanishicha, M.M. ismli qiz o‘zining Instagram‘dagi sahifasi orqali tanishgan yigiti bilan R.I. ismli qizning ijtimoiy tarmoq orqali gaplashib qo‘yganligi sababli, telefonda janjallashib ketgan. Natijada ular ko‘rishib, gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Biroq ular birga sinfdoshlarini yetaklab kelgan. Shu vaqtda ular o‘rtasidagi janjal urushga aylanib ketgan.
Hozirda tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110513 | Инструменты