Toshkent shahrida yashovchi ayol Afrikadagi katta “meros”ga ishonib, 90 ming dollarga chuv tushdi

Toshkent shahrida yashovchi fuqaro xalqaro firibgarlarga aldanib, katta miqdordagi mablag‘idan ayrildi

Holat bundan ikki oy oldin sodir bo‘lgan. Nigeriyalik firibgarlar ijtimoiy tarmoq orqali ayolga murojaat qilib, katta kompaniya egasi vafot etgani, u o‘sha milliarderning uzoq qarindoshi bo‘lishi eʼtimoli borligini bildirishgan. “Qon analizingizni bizga jo‘natasiz va biz buni tekshirib ko‘ramiz. Agar qarindoshlik ehtimoli to‘g‘ri bo‘lsa, kompaniya rahbaridan qolgan 3 mlrd dollarlik meros sizga o‘tadi”, deya “qarmoq” tashlagan firibgarlar.

Ayol esa bu yolg‘onga ishongan hamda qon analizini jo‘natgan. Buni tekshirish uchun esa firibgarlarga ming dollar pul ko‘chirib bergan. Biroz vaqtdan so‘ng u haqiqatan ham o‘sha milliarderning qarindoshi bo‘lib chiqqani, minglab odamlarning qon analizlari tekshirilib ko‘rilganida aynan uniki mos kelgani haqida “xushxabar” olgan.

Shu tariqa “meros”ni rasmiylashtirish ishlari boshlangan. Firibgarlar ayolni avvaliga katta miqdordagi pulni o‘tkazishimiz uchun bankdan hisobraqam ochishingiz va unda 20 ming dollar pul bo‘lishi kerak, deya aldashgan.

So‘ngra bosqichma-bosqich “chuv tushirish” jarayoni boshlangan: ayol firibgarlarning ayrim hujjatlarni rasmiylashtirish, advokatlik xizmati va boshqa turli bahonalariga ishonib, bir necha bosqichda ularga 90 ming dollar o‘tkazib bergan. Fuqaroning buncha miqdordagi puli bo‘lmagan. Shu sababli, u o‘z yashab turgan uyini sotib yuborgan hamda bor pulini shu “meros ishi”ga “tikkan”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70418 | Инструменты