JSST: Dunyoda vaboga chalinish ko‘rsatkichi 58 foizga oshdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonotiga ko‘ra, so‘nggi oylarda dunyoning qator mintaqalarida vabo epidemiyasi keskin kuchaya boshladi.

Xususan, may oyida 46 mingdan ortiq kishiga ushbu xavfli kasallik tashxisi qo‘yilgan va bu aprel oyiga nisbatan 58 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Epidemiya o‘choqlari 19 mamlakatda qayd etilgan. May oyida ro‘yxatga olingan bemorlar soni – 46,4 ming nafardan ziyod. Ularning 185 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Yuqori o‘sish dinamikasi asosan Sharqiy O‘rta yer dengizi mintaqasi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Afg‘onistonda 13 ming nafardan ortiq, Pokistonda esa 13 mingga yaqin yangi holat qayd etilgan.

Umuman, joriy yil boshidan buyon sayyoramiz bo‘yicha qariyb 195 ming odam ushbu xastalikni yuqtirgani aytilmoqda. Epidemiya qurbonlari soni 1,9 ming nafardan oshgan.

Shu sababli JSST vaboning dunyo bo‘ylab tarqalish xavfini yuqori deb baholadi va 2023-yil yanvar oyidan 2024-yil mayigacha vaksinalarga bo‘lgan talab ikki barobar oshganini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70418 | Инструменты