Tramp qayta saylansa, uning "qasos olish" rejasi ma'lum bo'ldi

Donald Tramp, agar u AQShdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, ayrim yuqori martabali amaldorlarga qarshi tergov boshlaydi, dedi uning sobiq bosh maslahatchisi Stiv Bannon, uning so‘zlaridan Politico iqtibos keltirmoqda.

"Bu umuman qasos emas", - dedi u.

Bannonning qayd etishicha, ehtimoliy ro‘yxatga FQB sobiq direktori vazifasini bajaruvchi Endryu Makkeyb, FQB sobiq direktori Jeyms Komi, sobiq mudofaa vaziri Mark Esper, shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasining sobiq raisi Mark Milli va sobiq bosh prokuror Uilyam Barr kiradi. Uning fikricha, agar bu odamlar noqonuniy ish qilmagan bo'lsa, qo'rqadigan joyi yo'q.

AQShda prezidentlik saylovlari 2024-yil 5-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Saylov poygasining asosiy raqiblari – amaldagi davlat rahbari demokrat Bayden va sobiq Amerika yetakchisi respublikachi Tramp. Juma kuni nomzodlar CNN Atlantadagi studiyasidan to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatgan saylov bahslarining birinchi bosqichida to'qnash kelishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70418 | Инструменты