Huawei 1
Andijonda Damas va Spark to‘qnashib, yonib ketdi, qurbonlar bor

Ijtimoiy tarmoqdarda Andijonda ikki avtomobil to‘qnashib, yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXX Matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 13 oktyabr kuni tungi soat 01:30 larda Ulug‘nor tumani “O‘zbekiston” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-81 "Namangan - Mingbuloq" transport qatnov yo‘lida sodir bo‘lgan.

Damas hamda Spark rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida o‘lim va tan jarohati bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu YTH Spark rusumli transport vositasining haydovchisi charchoq holatida uxlab qolib, rul boshqaruvini yo'qotgan va qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgan.

Oqibatda, o‘z yo'nalishida kelayotgan Damas rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan. Natijada, har ikkala transport vositalari to‘liq yonib ketgan.

Maʼlumotga ko‘ra, YTH oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro esa og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Ulug‘nor tumani IIB Tergov bo‘linmasi maʼsul xodimlari tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101619 | Инструменты