Huawei 1
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi

“Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Nukus shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi va 4-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurdi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Ziroat Mirziyoyeva o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, ularning yutuqlari haqida maʼlumot oldi, shuningdek, taʼlim muassasalarida o‘rnatilgan zamonaviy suv tozalash tizimlarini ko‘zdan kechirdi.

Fond ko‘magida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 180 ta maktab toza ichimlik suvidan bahramand bo‘lishi uchun suv tayyorlash uskunalari bilan jihozlandi.
Loyihaning barqarorligini taʼminlash maqsadida maktablarda UNICEF ekspertlari tomonidan suvni tejash, sanitariya va gigiyena bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda.
“Toza ichimlik suvi” loyihasini amalga oshirish doirasida kelgusida Qoraqalpog‘istonning yana 52 ta maktabida suv tozalash tizimlari o‘rnatiladi, bu esa bolalarning taʼlim olish sharoitlari va salomatligini yaxshilash imkonini beradi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101621 | Инструменты