Huawei 1
Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli davlat byudjeti ulkan mablag‘larni yo‘qotishda davom etmoqda

O‘zbekiston davlat byudjeti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli ulkan mablag‘larni yo‘qotishda davom etmoqda. 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra noqonuniy tamaki mahsuloti savdosi tufayli davlat byudjeti 390,6 mlrd so‘m soliq tushumlarini boy bergan.

Buning barobarida, hududlar bo‘yicha tamaki mahsulotlari yashirin bozorining ulushi kattaligicha qolmoqda:

— Farg‘ona vodiysida — 21,8%
— Namanganda — 41,6%
— Jizzaxda — 21,8%
— Qarshida — 11%
— Navoiy viloyati tumanlari bo‘yicha — 11,8%
— Olmaliqda — 19,9%

Bunda barcha hududlarda tamaki mahsulotining katta miqdorda musodara qilinishi to‘g‘risida muntazam xabarlar kuzatib borilmoqda. Bunday mahsulotlar turar joylar yerto‘lalari, savdo nuqtalari va chegarada aniqlangan. Bir tomondan, bu holat davlat tashkilotlari tomonidan faol ish olib borilayotganini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan esa, muammo tizimli tusga egaligi va muntazam tekshiruv reydlarga qaraganda jiddiyroq yechimlarni talab qilish lozimligiga ishora qiladi.

Bunda kontrabanda uchun kanallar mavjudligi fakti ustida ishlash kerak. Chunki bu kanallar orqali tamaki mahsulotlaridan tashqari mamlakatga taqiqlangan moddalar ham, kontrafakt dorilar ham kirib keladi.

Yaqinda Toshkentda ikki fuqaro ushlandi – ular 43,7 ming dollarga teng 4 ming qadoq qalbaki dorini sotmoqchi bo‘lishgan.

Ishlarning bunday holda ekani eʼtiborsiz qolmasligi lozim. Zero yashirin bozor gullab-yashnar ekan, mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetadi, fuqarolar o‘z salomatliklari va farovonliklarini xatarga qo‘yadilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101620 | Инструменты