Huawei 1
9 oy ichida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,27 %ida oʻtkazilgan

2024-yil yanvar-sentabr oylarida soliq auditi jami soliq toʻlovchilarning faqat 0,27 %ida oʻtkazilgan.

Soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 1 471 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi. Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (551,1 ming) 0,27 foizini tashkil etadi.

- Aniqlangan soliq xavfi summasi – 3 658,8 mlrd soʻm;
- Soliq auditida aniqlanlangan summa – 4 605,6 mlrd soʻm.  

Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:

- savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 3 275,2 mlrd soʻm (71,1%);
- qurilish sohasida – 450,6 mlrd soʻm (9,8%);
- xizmat koʻrsatish sohasida – 386,5 mlrd soʻm (8,4%);

- ishlab chiqarish sohasida – 280,6 mlrd soʻm (6,1%);
- qishloq xoʻjaligi sohasida – 123,6 mlrd soʻm (2,7%);
- transport sohasida – 48,4 mlrd soʻm (1%);
- boshqa sohalarda – 40,7 mlrd soʻm (0,9%).

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 529 ta soliq toʻlovchida 8 194,2 mlrd soʻmlik soliq bazasi yashirilgan:

- 260 ta subyektda 2 462,5 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
- 161 ta subyektda 2 695,2 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
- 108 ta subyektda 3 036,6 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 2 850,3 mlrd soʻmning 976,1 mlrd soʻmi (34,2%) toʻlab berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101621 | Инструменты