Huawei 1
Toshkent shahar IIBB fuqarolarning firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB fuqarolarning firibgarlikning yangi ko‘rinishidan ogohlantirdi.

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan Telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda masʼul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

Bu qanday sodir bo‘ladi? Firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida sohta akkaunt ochib qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) baʼzi maʼlumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini maʼlum qiladi.

Firibgarning gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) so‘ragan barcha maʼlumotlarini berib yuboradi.

Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqdalar.

«Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!», deyiladi IIBB xabarida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101621 | Инструменты