Rossiyalik yarimog‘ir vazn toifasi vakillari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiyev o‘rtasidagi uchinchi jangning o‘tkazilish ehtimoli oshdi.
Kecha Ar-Riyod shahrida o‘tgan jangda kelib chiqishi qirg‘izistonlik bo‘lgan Dmitriy Bivol raqibini ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etib, yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Bu bilan u ilk jangdagi mag‘lubiyat uchun revansh olish barobarida 40 yoshli Beterbiyevga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi.
Bokschilar uchinchi jangga ham qarshi emas. Trilogiya Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov xabar berdi.
"O‘ylashimcha, biz uchun uchinchi jang kerak. Ularning har ikkisi ham dunyoning eng yaxshi bokschilari. Trilogiyani 100 000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oluvchi “Lujniki” stadionida o‘tkazishimiz kerak. Agar siz buni istasangiz, nech pul sarflashdan qatʼi nazar, biz jangni Moskvaga olib kelamiz. Muzokaralarni ertagayoq boshlaymiz", – dedi Kremlyov.
Kechagi g‘alaba evaziga Dmitriy Bivol o‘z qo‘lida WBC, IBF, WBO, WBA, IBO va The Ring kamarlarini birlashtirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22420 | Инструменты