Huawei 1
Andijonda kitob o‘qigan onalarga 6 oylik kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi

Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan onalar o‘rtasida “Maʼrifatli ona” kitobxonlik tanlovi o‘tkazilishi eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, uch nafar 1-o‘rin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.

Uchta 2-o‘ringa 4 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher, uchta 3-o‘ringa 2 oylik kommunal to‘lovlarga vaucher beriladi.

Avvalroq, tasdiqlangan roʼyxat boʼyicha 1 ta kitob oʼqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartirilishi haqida xabar qililgandi. Bu boʼyicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13102 | Инструменты