Huawei 1
Andijonda "Nexia-2" yo‘l bermasligi oqibatida "Labo" ag‘darilib ketdi

25-mart kuni soat 13:40lar atrofida Oltinko‘l tumani, S.Zunnunova ko‘chasida 1993-yilda tug‘ilgan M.O “Nexia-2” rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan vaqtda, tartibga solingan chorrahadan chapga qayrilib olish uchun chorrahaga kirib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan 1991-yilda tug‘ilgan M.X boshqaruvidagi “Labo” rusumli transport vositasini o‘tkazib yubormasdan uning yo‘liga chiqib yuborishi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida transport vositalari texnik shikastlangan. 

Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar shifoxonasiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110717 | Инструменты