Huawei 1
Andijonda nosozlik sabab elektr hisoblagichlar yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda birdaniga bir mahallani barcha elektr hisoblagichlari portlab yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Shu yilning 23-oktyabr kuni soat 20:00 lar atrofida Andijon tumanida joylashgan “Intilish” MFY hududini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi “Oxunboboyev” podstansiyasidan chiquvchi “Pistamozor” 10 kV havo elektr uzatish tarmogʻining 358 – sonli transformator punktidagi 0,4 kV qismida qisqa tutashuv sodir boʻlgan. Natijada hududdagi 20 ta xonadon hisoblagichlarida nosozlik yuzaga kelib elektr energiyasidan favqulodda uzilib qolgan.

Ayni vaqtda tezkor chiqish brigadalari tomonidan hisoblagichi zarar koʻrgan xonadonlarga yangi hisoblagichlar oʻrnatish hamda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102522 | Инструменты