Huawei 1
Tanzila Narbayeva YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi rahbari bilan uchrashdi

2024-yil 25-oktabr kuni Senat Raisi Tanzila Narbayeva YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi rahbari Duglas Ueyk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston qonunchilik faoliyatidagi yangiliklarga, o‘zgarishlarga va natijalarga urg‘u berildi. Ayniqsa, qonunlar ishlab chiqilishida va qayta ko‘rib chiqilishida inson huquqlarini taʼminlash tamoyili bosh mezon sifatida belgilab olingani alohida eʼtirof etildi.

Shuningdek, muloqot davomida xotin-qizlarning davlat va jamiyatdagi, ayniqsa siyosiy jarayonlarda faolligi oshgani hamda imkoniyati cheklangan shaxslarning manfaatlarini himoya qiluvchi huquqiy meʼyorlar joriy etilgani qayd etildi.

Bundan tashqari, YEXHT vakillari tomonidan O‘zbekistonda qonunlar xalqaro standartlar asosida qabul qilinayotgani yuqori baholandi va mazkur yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar qizg‘in muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102522 | Инструменты