Huawei 1
Botanika bog‘i yonida Lacetti 2 piyodani urib yubordi

Toshkent shahridagi Botanika bog‘ini yonida Lacetti mashinasi 2 piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB matbuot kotibi Nilufar Madiyeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 22:10 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1999 yilda tug‘ilgan M.A. Lacetti rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2 nafar piyodalarni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyodalar 2004 yilda tug‘ilgan A.D. va xuddi shu yilda tug‘ilgan J.M.lar tan jarohat olgan va shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishlarini so‘raymiz”, deydi Madiyeva.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102522 | Инструменты