Huawei 1
Noqonuniy “OREE” va “OKO” belgili qandolat mahsulotlarining savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan O‘rikzor savdo kompleksida rejali nazorat xaridlari amalga oshirildi.

Intellektual mulk departamentining xabariga ko'ra, nazorat xaridlari davomida “OREO” va “OK” tovar belgilariga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash qilib ishlab chiqarilgan “OREE” hamda “OKO” belgili qandolat mahsulotlarining savdoga taklif etilayotganligi aniqlandi.

Hozirda vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan nazorat xaridlarida olingan tovarlar bo‘yicha intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar buzilishi holatiga huquqiy baho berish maqsadida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Natijasi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102522 | Инструменты