Huawei 1
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentda velosiped haydab ketayotgan yosh o‘smirni poyezd urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 23 oktyabr kuni soat 17:52 da Nurxayot-Salar” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Shu kuni mashinist yo‘lovchi poyezdini boshqarib ketayotgan vaqtida velosiped minib temir yo‘ldan o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan o‘smirni urib ketgan.

Qashqadaryolik bo‘lgan o‘smir voqea natijasida tan jarohati olib tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar Yunusobod tumani 7-son shahar klinik shifoxonaga joylashtirilgan. 2024 yil 24 oktyabr kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazining “Bolalar bo‘limi”ga o‘tkazilgan.

Maʼlumotga ko‘ra, o‘smir yigit Qamashi tumani Agrar kasb-hunar kollejining 1-kurs talabasi bo‘lgan. U onasi bilan Qibray tumaniga to‘y marosimi uchun mehmonga kelgan.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda bola ovqat yetkazuvchi kuryer sifatida ishlayotganini ko‘rish mumkin. Ammo, bu haqda rasmiy maʼlumot berilmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102522 | Инструменты