Huawei 1
AQSHda robot-politsiyachi qurollangan jinoyatchini zararsizlantirdi

AQSHning Texas shtatida politsiya roboti Lubbock Days Inn mehmonxonadagi xonasida yashiringan jinoyatchini qo‘lga olishda muhim rol o‘ynadi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, avvalroq taqiqlangan moddalar ishlab chiqargani uchun jazo muddatini o‘tagan 39 yoshli Feliks Delarosa politsiyaga qarshilik ko‘rsatish uchun o‘qotar quroldan foydalangan.

Feliks Delarosa taqiqlangan moddalarni ishlab chiqarish va tashiganlik uchun 20 yil qamoq jazosiga hukm qilingan. 2022-yilda jazo muddatining to‘rtdan bir qismini o‘tab, muddatidan oldin ozodlikka chiqqan, biroq shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish shartlariga ko‘ra, u elektron bilaguzuk taqib, belgilangan hududdan chiqmasligi kerak bo‘lgan.

Delarosa gadjetni yechib, politsiya nazoratidan qochishga uringan. Politsiya uni Texas mehmonxonasida ekanini aniqlagan va hibsga olish uchun robot bilan maxsus politsiya bo‘linmasini yuborgan.

Robot jinoyatchiga qarata ko‘zni achishtiruvchi gaz purkagan hamda uni yashiringan joyidan chiqib, huquq-tartibot idoralariga taslim bo‘lishga majbur qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92216 | Инструменты