Huawei 1
“Tolibon” Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etish uchun ariza berdi

Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” harakati Qozonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sammitda ishtirok etish uchun Moskvaga yozma so‘rov yubordi.

Maktub Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovga yo‘llangan. Afg‘oniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy sammitda Afg‘onistonning amaldagi rasmiylari ishtirok etishi muhimligini ta’kidlagan.

“Biz sammitda yuqori darajadagi delegatsiya, jumladan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar, men hamda boshqa qatnashchilar qatori ishtirok etishdan manfaatdormiz”, deyiladi Aziziyning Ushakovga yo‘llagan maktubida.

Ariza haqidagi maʼlumotni Afg‘onistondagi Rossiya biznes markazi rahbari Rustam Xabibullin ham tasdiqlagan.

“Afg‘oniston hukumati 22—24-oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitida mamlakat oliy rahbariyatining ishtiroki uchun yozma ariza topshirdi”, deydi Xabibullin.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92216 | Инструменты