Huawei 1
Andijonda “zapravka”da portlash sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Shahrixon tumani, “Yangi Naynavo” MFY hududida joylashgan propan zapravkada 20-fevral kuni soat 18:02 da havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. 

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, soat 18:13 da voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan.

Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida zapravka hududida bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Hozirda fuqarolarga malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22205 | Инструменты