Huawei 1
Andijondagi maktabda kech qolgan o‘quvchi qizlar jazo sifatida o‘tirib-turg‘izildi

Andijon shahridagi 5-umumta’lim maktabi 1986-yilda qurilgan bo‘lib, maktabda bugungi kunda 3 ming 932 nafar o‘quvchilarga 204 nafar malakali ustozlar tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan holat joriy yilning 12-sentyabr kuni sodir bo’lib, maktabning 10-“Z” sinfining o‘quvchilari soat 9:20 da maktabga kelishganligi, ular tomonidan muntazam darsga kech qolish holatlari kuzatilayotganligi bois maktabning ma’sul xodimi D.T tomonidan o‘quvchilar tartibga chaqirilgan.

Ushbu holat maktab direktori tomonidan nazoratga olinib, o'quvchilar darslarga kiritib yuborilgan hamda o‘quvchilarning ota-onalari bilan dars jarayonlari 8:00 dan boshlanishi va ushbu vaqtda o‘quvchilarni maktabga kelishlarini ta’minlash zarurligi yuzasidan suhbat olib borildi.

Shuningdek, maktab direktori tomonidan ma’sul xodim D.Tga o‘quvchilar bilan pedagogik etika qoidalariga rioya etgan holda munosabatda bo‘lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan intizomiy chora qo'llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91808 | Инструменты