Huawei 1
Angren, Olmaliq shaharlari va Ohangaron tumanida 50 million dollarlik 3 ta yirik logistika markazi tashkil qilinadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Olmaliq kombinati yiliga 9 trillion so‘mlik mahsulot xarid qilmoqda. Bu – kombinat atrofida joylashgan 5 ta shahar va tuman uchun katta imkoniyat.

Shu munosabat bilan “Sanoat uchburchagi”ga kiruvchi tuman va shaharlarda kamida 5 tadan korxonani jalb qilib, keyingi yil kombinat importini 25 million dollarga kamaytirish imkoniyati ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, “Sanoat uchburchagi” hududida 1 ming 100 ta korxona ishlayapti. Yangi loyihalar hisobiga 2-3 yilda ular 1,5 mingga yetadi.

Mutasaddilarga keyingi yil bu korxonalar uchun Angren, Olmaliq shaharlari va Ohangaron tumanida 50 million dollarlik 3 ta yirik logistika markazini tashkil qilish topshirildi.

Viloyat, tuman va shaharlar hokimlariga “Sanoat uchburchagi” dasturi doirasida bir yilda 1,3 milliard dollarlik 230 ta loyihani ishga tushirish, buni hisobiga 13 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratib, ularga kambag‘al oilalardan kamida 5 ming kishini ishga joylashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kecha Zangiota tumanida Singapur bilan hamkorlikda tashkil qilingan ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi “TRT” korxonaci faoliyati bilan tanishildi.

Korxonada yengil va yuk tashuvchi avtomobillarni yurish, transmissiya va boshqaruv tizimlari uchun 1 mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Korxonani o‘zida texnik tekshiruv va sinovlarni o‘tkazish uchun laboratoriya ham tashkil qilingan, xalqaro sifat menejmenti sertifikati ham mavjud.

Bunday korxonalarni “O‘zavtosanoat”, Navoiy va Olmaliq kombinatlari bilan kooperatsiyasini kuchaytirib, importni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligi qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101605 | Инструменты