Huawei 1
Angren shahar prokurori o‘qituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda aybladi

Angren shahar prokurori o‘qituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda aybladi. Ushbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda prokuror maktab hovlisidagi qorni ko'rsatib mana hech bir o'qituvchi maktabda yo'q, qorlar esa tozalanmagan deya ta'kidlagan. Shuningdek, prokuror boshqa maktablar ham bundan xulosa chiqarishini aytib o'tgan. 

Internetda prokuror tashrifidan so‘ng o‘qituvchilar maktab hududini qor va muzdan tozalashayotgani tasvirlangan fotosuratlar ham tarqaldi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vaziri ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyat yuzasidan Bosh Prokuratura rahbariyati bilan gaplashgani va holat ayni damda nazoratga olinib, o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

"Prezidentimizning tegishli Qarorlariga asosan pedagog xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘taman.

O‘qituvchi qadrlanmagan yurt hech qachon taraqqiy etmaydi. Shu bois barchadan jumladan mutasaddi rahbarlarimizdan bugun davlatimiz Rahbari tomonidan olib borilayotgan o‘qituvchilarni ulug‘lash va jamiyatda eng obro‘li inson qilish Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlab, bu borada eng avvalo o‘zimiz o‘rnak ko‘rsatishimizni so‘rab qolaman", — degan Hilola Umarova.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin O'zbekistonda o‘qituvchilarni ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday ishga jalb qilish jarayonlarini oldini olish maqsadida normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilyotgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30422 | Инструменты