Bu bo'yicha Xalq ta'lim vazirligi maxsus bot ishga tushirdi
Prezident Administratsiyasigacha yetib borgan muammo: o‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish taqiqlanishi haqida, avvalroq, xabar bergan edik. Unga ko'ra, ushbu masalani bloger Nikita Makarenko ko'tarib chiqqan edi.
Xalq ta'lim vazirligi ma'lum qilishicha, ushbu masalani o'rganib chiqish uchun bot ishga tushirilmoqda.
"Davlat rahbari tomonidan o‘qituvchi va pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini oshirish, ularning faoliyatiga aralashuv holatlarini cheklash va o‘qituvchilarni ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish jarayonlarini oldini olish bo‘yicha bergan topshiriqlarini ta’minlash maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilmoqda.
Bugungi kunda o‘qituvchilarni xizmat majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qanday ishlarga jalb etilayotgani bilan bog‘liq mavjud amaliyotni imkoni boricha kengroq o‘rganish maqsadida ma’lumotlar o‘rganilmoqda.
Shu bois quyidagi bot manziliga maktabingizda o‘qituvchilar qaysi idoralar tomonidan va aynan qanday turdagi ortiqcha ishlarga jalb qilinayotganligi haqida ma’lumot qoldirishingizni so‘rab qolamiz", - deyiladi vazirlik xabarida.
Fikr-mulohazalar uchun bot manzili: https://t.me/xtv_nazorat_bot
Alpha version: 0.9.1.19 build 30501 | Инструменты