Huawei 1
Xurshid Sotiyev Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Xurshid To‘lqinboyevich Sotiyev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari – Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Xurshid Sotiyev FVV shtab boshlig‘ining o‘rinbosari – qutqaruv kuchlarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Qolaversa, Prezidentning farmoni bilan unga general-mayor unvoni ham berilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30423 | Инструменты