4 martga o‘tar kechasi taktik tungi amaliyotlar mashg‘ulotlari chog‘ida Filippin Harbiy-havo kuchlarining (PAF) FA-50 qiruvchi samolyoti g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda “Philstar Global” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘zlangan hududga yetib borishdan bir necha daqiqa oldin samolyot bilan aloqa uzilgan. Missiyada ishtirok etgan boshqa samolyotlar Filippindagi Sebu oroliga yetib borgan, lekin, FA-50 qiruvchi samolyoti manzilga kelmagan. Yo‘qolgan samolyot bilan aloqani qayta tiklashga bir necha bor urinishgan, biroq buning iloji bo‘lmagan.
Rasmiylarning aytishicha, hozirda yo‘qolgan samolyot va uning ekipajini topish bo‘yicha qidiruv ishlari olib borilmoqda. Biroq samolyot bortida qancha xodim bo‘lganligi va aloqa uzilgan aniq joy haqida ma’lumot berilmagan.
Bildirilishicha, tezkor qidiruv hodimlari yo‘qolgan qiruvchi samolyotni topish uchun barcha mavjud resurslardan foydalangan holda keng qamrovli va puxta qidiruv operatsiyalarini o‘tkazmoqda.
“Bizning asosiy tashvishimiz samolyot ekipajining xavfsiz qaytishidir. Biz harbiylarimizni va samolyotni tez orada topishga umid qilamiz va sizdan ushbu muhim vaqtda biz bilan birga ibodat qilishingizni so‘raymiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud bo‘lganda taqdim etamiz”, degan PAF o‘z bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30423 | Инструменты