Huawei 1
Angren shahri prokurori oʻqituvchilarni bekorga maosh olayotganlikda ayblagani uchun uzr soʻradi

Avvalroq, Angren shahar prokurori o‘qituvchilarni maktab hududidagi qorni tozalamaganlikda ayblagani haqida xabar bergan edik. Prokuror tashrifidan so‘ng o‘qituvchilar maktab hududini qor va muzdan tozalashayotgani aks etgan fotosuratlar ham tarqalgan edi. Ushbu holatga Maktabgacha va maktab ta'lim vaziri Hilola Umarova munosabat bildirib, holat Bosh prokuraturaga yuborilgani va o‘rganilayotganini ma’lum qilgan edi. 

Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonot berishicha, Angren shahar prokurori U.Xabiljonovga faoliyatda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek,  u bu ishi uchun uzr so'radi. 

"O'qituvchilarga chuqur hurmat saqlagan holda ulardan uzr so'rab qolaman", -  deydi prokuror

“Oʻquv jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarning sogʻligiga xavf tugʻdirishini inobatga olib, Telegram ijtimoiy tarmogʻida maʼmuriyatga maktabda tozalash ishlariga masʼul ishchilar ham ishni bajarmaganini bildirib, buni bartaraf qilish lozimligini aytganman”, — deydi Ulugʻbek Xabiljonov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30419 | Инструменты