Huawei 1
"Anhor" parkida rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda 28-iyul kuni Toshkentdagi "Anhor" parkida osmondan lentalar yog‘ilishi haqida video tarqaldi. Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan holat o‘rganildi. 

O‘rganish natijasida parkdagi "Amfiteatr"da "lenta-shou" uyushtirilishi, bunda animatorlar tomonidan lentalarni aylantirib, tomosha ko‘rsatilishi, "osmondan lentalar yog‘ilishi" esa e'tiborni jalb qilish uchun aytilganligi ma'lum bo‘ldi.  

Bayram tashkilotchilariga bu kabi shoular atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘lishi, ekologiya uchun zararli ekanligi tushuntirildi. Natijada shu kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan "lenta-shou" bekor qilindi. Qolaversa, blogerlar tomonidan tarqatilgan videolar o‘chirildi. 

Ekologiya vazirligi xiyobonlar, dam olish maskanlari, ko‘ngilochar obyektlar mutasaddilarini yuqoridagi kabi atrof-muhitga zarar keltiradigan shoular o‘tkazmaslikka chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты