Huawei 1
“Avtomagistral” korxonasining 1,5 mlrd so'mlik davlat xaridlari korrupsiya sababli bekor qilindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida “Avtomagistral” unitar korxonasi buyurtmachiligida transport xizmatini ko‘rsatish uchun 2023-yil 25-mart kuni qonunchilikka zid o‘tkazilgan 2 ta ( 1 055,0 mln so‘mlik va 515,0 mln so‘mlik) jami 1 mlrd  570,0 mln so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi.

Bunda korxona O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning:

  • 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi);
  • 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi);
  • 19-moddasi (davlat buyurtmachilari);
  • 42-moddasi (ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari);
  • 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) talablari buzilganligi aniqlandi.

Xususan, xarid komissiyasi tomonidan 515,0 mln so‘mlik davlat xaridida ishtirok etgan talabgor va g‘olib deb topilgan “I.A.M.” MCHJ taʼsischisi B.M.I ayni paytda “Avtomagistral” UK xarid komissiyasi aʼzosi va korxona bosh muhandisi ekanligi eʼtiborga olinmagan va nohalol raqobatni keltirib chiqarganligi o‘rganilmagan. Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha tanlovni o‘tkazishni vaqtinchalik bekor qilish chorasi ko‘rilmagan.

Bundan tashqari, har ikki davlat xaridida ham xarid komissiyasi kotibi tomonidan foydalangan kompyuterning IP-manzili orqali xaridda ishtirok etgan tadbirkorlarning hujjatlari maxsus elektron platformaga yuklanganligi maʼlum bo‘ldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi. Holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga so‘rovnoma ham kiritildi.

“Avtomagistral” UK tomonidan 2023-yil 29-mart kuni Antikorrupsiya agentligiga taqdim etilgan xatga ko‘ra, kamchiliklar bartaraf etilib, xarid komissiyasining 2 ta lot bo‘yicha bayonnomasi bekor qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22417 | Инструменты