Huawei 1
8-iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi

8-iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi taʼmirlash ishlari sababli yopiladi.

Raqobat qo‘mitasi “Maxam-Chirchiq” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Maxam-Chirchiq” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Polsha kompaniyasi O'zbekistonda yuk ko'tarish kranlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning "FUD" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi va korxona rahbari Zbignev Skshipkevich bilan uchrashuv o'tkazdi.

Yirik soliq toʻlovchilarni aniqlash mezonlari oʻzgartirildi

Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Istanbulga borib keluvchilar uchun bepul bagaj normasi oshirildi

O‘zbekiston havo yo‘llari Istanbulga ikki tomonlama aviaqatnovlar uchun ko‘proq bagaj aksiyasini eʼlon qildi.

O'zbekistonda ish haftasi davomida havo harorati +42 darajagacha ko'tariladi

"O'zgidromet" xizmati respublika bo'ylab 8-12-iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.

Avtomobillarga “Ekologik stiker” berish muddati 2025-yil 1-martga uzaytirildi

Barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimini joriy qilish muddati uzaytirildi.

Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati SSBga boshliq etib tayinlandi

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar u Sog‘liqni saqlash vazirligining Fan-taʼlim va innovatsiyalar boshqarmasi malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Navoiyda 9 yoshli qizning o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchilar qamoqqa olindi

Haydovchilardan biri bir yilda 12 marta radarga tushgani ma’lum bo‘ldi.

“Mening bog‘im”ga ovoz berish yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra, 215 ta loyiha g‘olib deb topildi.

Poytaxtda "ko'cha bezorilari" fuqaroni urib, tan jarohati yetkazishdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Farg‘onada 4 yoshli o‘gay o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan ota qamaldi

Sud hukmiga ko‘ra, unga 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Noqonuniy baliq ovi: 2 nafar fuqaro tabiatga 60 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

Sirdaryodagi janubiy Mirzachoʻl kanalida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100615 | Инструменты