Huawei 1
Oʻzbekistonga Buyuk Britaniya sayyohlik kompaniyasi tomonidan 1500 dan ortiq sayyoh jalb etiladi

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "Abercrombie & Kent" sayyohlik kompaniyasi ijrochi direktori Maksimilian Maklay bilan muzokara o'tkazdi. 

Muloqot davomida Maksimilian Maklay britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar orasida O'zbekistonga qiziqish ortib borayotganini ta'kidladi. "So'nggi yillarda "Abercrombie & Kent" kompaniyasi O'zbekistonga ko'proq sayohat uyushtirmoqda. Biz mamlakatning boy madaniy merosi, ajoyib manzaralari va o'zbek xalqining mehmondo'stligini yuksak qadrlaymiz", - dedi u.

Uchrashuvda O'zbekiston va "Abercrombie & Kent" o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar O'zbekistonga borayotgan sayyohlarga uning boyliklaridan to'liq bahramand bo'lish imkonini beradigan o'ziga xos dasturlarni yaratishga e'tibor qaratish barobarida, o'zaro hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Muzokaralar yakunida O'zbekistonga Buyuk Britaniyadan 1500 dan ortiq sayyohni jalb etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

"Abercrombie & Kent" 1962-yilda tashkil etilgan. Kompaniya 100 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritib, moslashtirilgan sayohat marshrutlari, hashamatli kruizlar va eksklyuziv tajribalarni o'z ichiga olgan bir qator xizmatlarni taklif etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91807 | Инструменты