Huawei 1
O'zbekistonning agrar sohadagi OTM talabalari uchun Polshada haq to'lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Polshaning "Green Crops" kompaniyasi direktori Kshishtof Rujitski, Krakov agrar universiteti professori Marchin Nemes va Sexanuv amaliy fanlar davlat akademiyasi doktori Rafal Gurskining mamlakatimizga amaliy safari uyushtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Safar davomida delegatsiya a’zolari Toshkentda bo'lib o'tgan "Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari" mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, "Agromir", "Marakand Meva Sabzavot" va "Agromir Impex Trade" kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.

Bo'lib o'tgan muzokaralar chog'ida O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ho'l meva va sabzavotlarni ushbu mamlakatga eksport qilish hamda agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Polshada haq to'lanadigan stajirovkalarni tashkil qilish bo'yicha grantlarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91806 | Инструменты