Huawei 1
Abdug‘ofurov prof ringdagi 18-jangini o‘tkazdi

Tataristonning Qozon shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.

Oqshomining markaziy jangida WBC Silver kamarining sobiq egasi, hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov mezbon bokschi Anton Zaysevga qarshi ringga ko‘tarildi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va unda afsuski, hamyurtimiz ochkolar evaziga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Jang WBA Asia kamari uchun kechdi.

Bu mag‘lubiyat Abdug‘ofurov uchun faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi. Bungacha u so‘nggi ikkita jangida ham yutqazib qo‘ygandi. Uning prof boksdagi rekordi bugungi kunda 14-4-0, 5 KO‘ni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91806 | Инструменты