Huawei 1
HAMAS Bayden rejasi bo‘yicha o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qildi

HAMAS AQSH prezidenti Jo Baydenning 31-maydagi rejasiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qildi va har qanday yangi shartlarni rad etdi.

HAMAS bayonotiga ko‘ra, guruh vakili Xalil al-Hayya boshchiligidagi delegatsiya Dohada Qatar bosh vaziri va TIV rahbari Shayx Muhammad bin Abdulrahmon al-Tani hamda Misr razvedka boshqarmasi rahbari Abbos Kamil bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

HAMAS Baydenning 31-maydagi bayonoti, Xavfsizlik Kengashining 2735-rezolyutsiyasi va 2-iyuldagi kelishuvlarga muvofiq zudlik bilan sulhni amalga oshirishga tayyorligini yana bir bor taʼkidlagan.

Bayonotda qayd etilishicha, harakat o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha yangi shartlarni rad etadi va vositachilarga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, asirlarni almashish va Isroil qo‘shinlarining mintaqadan olib chiqib ketilishiga qaratilgan saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Jo Bayden 31-may kuni Isroilning yangi uch bosqichli otashkesim rejasi bo‘yicha taklifini e’lon qilgan edi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Baydenning rejasi Isroil tomonidan taklif qilinganidan farq qilishini aytgan va yangi shartlar qo‘shishni talab qilgan. Netanyaxu Isroil armiyasini Netzarim va Filadelfiya koridorlarini ishg‘ol qilishni davom ettirishga, shuningdek, Rafah o‘tish joyini nazorat qilishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91806 | Инструменты