Huawei 1
Bahor havosi: O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat +12 darajagacha ko‘tariladi

O‘tgan hafta yomg‘irli bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, oxirgi 2 kun ichida deyarli hamma joyda vaqti-vaqti bilan eng jadal yomg‘irlar yog‘di. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Hududning katta qismida bugun kunduz kuni yomg‘ir yog‘ishi davom etadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida biroz yog‘ingarchilik faqat ayrim joylarda bo‘lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir faqat ertalab yog‘adi.

Havo harorati 5-10o iliq, shimolda 0-5o iliq atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat respublika janubi-sharqiy hududlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.

Havo harorati kechasi 0-5o iliq atrofida, ba’zi joylarda 2o sovuqgacha bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 7-12o iliqgacha isiydi.

Bugun poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, dam olish kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-3o iliq, kunduzi shanba kuni 8-10o iliq, yakshanba kuni 10-12o iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 17-18-fevral kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40200 | Инструменты