“Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–236-son, 01.12.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, quyidagilar bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini taʼminlashda davlat nazorati va boshqaruvini yana-da takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
- noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;
- qurilish-pudrat tashkilotlarining obyektlar qurilishida zilzilabardoshlikni taʼminlash bo‘yicha javobgarligini kuchaytirish.
2026 yil 1 yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- 2 va undan yuqori qavatli barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining ro‘yxatini shakllantirish va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ularning reytingini yuritish;
- “Shaffof qurilish” MATda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati monitoringini yuritish;
- instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyotini tugatish hamda ushbu xulosalar faqat ijobiy bo‘lgan taqdirda, ko‘p kvartirali uy-joylardan kelgusida foydalanishga ruxsat berish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120216 | Инструменты