Huawei 1
Bir yilda 45 mingga yaqin maktab o‘quvchilarining ota-onalari javobgarlikka tortildi

Senatning uchinchi yalpi majlisida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

2024-yil 5-fevraldagi O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari (katta inspektor-psixologlari) lavozimlari Milliy gvardiya tuzilmasiga o‘tkazilganligi ham ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning uzviy davomidir.

Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekiston Milliy gvardiyasida Bolalar bilan ishlash boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi, shuningdek voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlar lavozimlari joriy etildi.

Ushbu bo‘linmalar tomonidan maktablarda (10 134 ta) axloqiy-psixologik muhitni yaxshilash, o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish, o‘quvchilarda vatanparvarlik, Vatanga sadoqat hissini shakllantirish, ularda qonunbuzilishlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Shu bilan birga muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash, shuningdek o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomatini yaxshilash bo‘yicha eng asosiysi “Xavfsiz maktab” konsepsiyasi misolida maktablarda xavfsizlikni taʼminlash uchun muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi tashkil etilgan lavozimlarda xizmat qiluvchi shaxslarga, shu jumladan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar va inspektor-psixologlarga ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarining qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarini berish zarurati yuzaga kelmoqda.

Milliy gvardiyaning inspektor-psixologlari fevral oyidan hozirgi kunga qadar 44450 ta Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni aniqlab, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari orqali maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilishini taʼminlagan hamda ota-onalar tomonidan farzandlarini maktabga yubormaslik holatlari bo‘yicha 175 mingga yaqin ogohlantirish xatlari yozilgan.

Bugungi kunda 1 nafar inspektor-psixologga maktablardagi bola sonidan kelib chiqib 3 tadan 10 tagacha maktab to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

Biroq inspektor-psixologlar tomonidan voyaga yetmagan huquqbuzarning ota-onalariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qo‘llash uchun tayanch punkti profilaktika inspektorining oldiga olib borib, maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilishi – inspektor-psixologlarning ish samaradorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, ortiqcha vaqt sarflashiga ham sabab bo‘lmoqda.

Shu bois mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan umumtaʼlim maktablarida xizmat qiluvchi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar faoliyatida qonuniylikni taʼminlash, shuningdek, maktablarda psixologik muhitni yaxshilash, voyaga yetmaganlar orasida qonunbuzilishlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarni samarali amalga oshirishga zarur shart-sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqildi.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga, shuningdek bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokamadan so‘ng qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Milliy gvardiya xodimi endilikda fuqaroga murojaat etganida o‘zini tanishtirishi haqida xabar bergan edikAmaldagi qonunchilikda Milliy gvardiya xodimi xizmat vazifalarini bajarishi yuzasidan fuqarolarga murojaat etganda yoki unga fuqaro murojaat etganda o‘zini tanishtirish tartibi belgilanmagan edi. Bu esa amaliyotda ayrim eʼtirozlarga sabab bo‘lmoqda. Shuning asnosida ushbu qonun qayta ko'rib chiqildi. 

Maqola muallifi: I. Farhodova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12722 | Инструменты