Huawei 1
Tel-Aviv sudi Netanyaxuning sud ishi bo'yicha tinglovlarni davom ettirdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 27 yanvar kuni poraxo‘rlik, firibgarlik va jamoatchilik ishonchini suiiste’mol qilish bo‘yicha qayta boshlangan uchta ish bo‘yicha eshituvlarda ishtirok etish uchun Tel-Aviv okrug sudiga yetib keldi, deb xabar beradi Channel 12. Bosh vazirga nisbatan mazkur ayblovlar 2019 yilda qo‘yilgan va 2024 yil 10 dekabrdan boshlab sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, Binyamin Netanyahu ko‘rsatma berishi kerak bo‘lgan sud eshituvlari bir oylik tanaffusdan keyin qayta boshlangan. Advokatlar uni boshqa sanaga ko‘chirishni so‘ragan, chunki dekabr oxirlarida Isroil bosh vaziri prostata bezini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazgan. Eshituvlar boshlanishidan oldin advokatlar uchta ishni haftasiga bittadan ko‘rib chiqishni so‘ragan, ammo sud ularning iltimosini rad etgan.

Binyamin Netanyahuga qo‘yilgan birinchi ayblov Bezeq telekommunikatsiya kompaniyasi bosh vazir ko‘magida regulyator imtiyozlarini olgani bilan bog‘liq. Buning evaziga kompaniya egasi Shaul Elovich o‘zi nazorat qiladigan Walla yangiliklar saytida Netanyahu haqidagi faqat ijobiy maqolalar paydo bo‘lishini ta’minlagan.

Ikkinchisi esa bosh vazir va gazetalardan birining noshiri bilan til biriktirganlikka aloqador. Uchinchi ayblov versiyasiga ko‘ra, Netanyahu prodyusser Arnon Milchan va milliarder Jyeyms Pakerdan homiylik uchun qimmatbaho sovg‘alar olgan. Bosh vazir barcha ayblovlarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil noyabrda Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order bergandi. XJS Isroil bosh vaziri Binyamin Netayahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumonlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12905 | Инструменты