Huawei 1
Andijonda 11 yoshli qizini qo‘l-oyog‘ini arqon bilan bog‘lab, kamar bilan ayovsiz urgan ota 9 yilga qamaldi

Qotillik 2024-yil oktyabrida Marhamat tumanida sodir bo‘lgan. Erkak o‘zining 11 yoshli qizini qo‘l-oyog‘ini arqon bilan bog‘lab qo‘yib, kamar bilan ayovsiz urgan. Qiz olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Qayd qilinishicha, 6-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz maktab bufetidan so‘roqsiz yegulik olgan. Bu holat bir necha marotaba takrorlangani uchun o‘qituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Buni eshitgan ota uni uyga olib kelib, jazolash maqsadida rezina kamar bilan ko‘p marotaba urib, qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Andijon tumani sudi hukmiga ko‘ra, ota Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan aybli deb topilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12905 | Инструменты