Huawei 1
Bo’stonliq tumanida yoshlar uchun konsert uyushtirildi

Bo’stonliq tumanida 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan har yili an’anaviy tarzda qator tadbirlar o’tkazib kelinadi. Joriy yilda tumandagi markaziy stadionda bayramona konsert dasturi uyushtirildi. Tadbir yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik Shiori ostida tashkil etilib unda 3 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. Shuningdek, ko’ngil ochar dasturni minglab aholi tamosha qildi.

Tadbirni rasman ochib berish uchun Bo’stonliq tumani hokimining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo’yicha o’rinbosari so’zga chiqdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Qayd etish kerakki, tumanda yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilgan. Masalan, tadbirkorlik yo’nalishida ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari tumanda joylashgan 10 dan ziyod mahallalarda yoshlar mehnat guzarlari ya’ni yoshlarni kasbga o’rgatuvchi markazlar tashkil qilingan.

Tadbirda ijro etilgan, kuy-qo’shiqlar va so’z ustalarining chiqishlari yeg’ilganlarga xushkayfiyat bag’ishladi.

Konsert dasturida elimiz suygan san’atkorlar qatorida FTV telekanalida namoish etiladigan X-factor shousining ilk mavsumi g’olibi Javlon Sapayev, shuningdek, Yamin band guruhi va shu kabi ko’plab ijodkorlar o’z qo’shiqlari bilan ishtirok etishdi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты