Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 17-apreldagi qaroriga muvofiq Usmanov Bobur Masudovich Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
17-aprel kuni vazirlikning Hay’at yig‘ilishida Bobur Usmanov ushbu lavozim egasi sifatida tanishtirildi.
U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Adliya vazirligi va boshqa tuzilmalarda turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21211 | Инструменты