Huawei 1
JSST bolalar uchun saratonga qarshi bepul dorilar tarqatish dasturini ishga tushirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) daromadi past va o‘rtacha bo‘lgan mamlakatlardagi bolalar uchun saratonga qarshi dori vositalari bepul tarqatiladigan yangi platforma ishga tushirilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, dorilarning birinchi partiyasi allaqachon Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga yetkazilgan, yaqin orada Ekvador, Iordaniya, Nepal va Zambiyaga ham yetkazilishi kutilmoqda. Dorilar yuqoridagi mamlakatda istiqomat qiluvchi 5 mingga yaqin bolani davolash uchun mo‘ljallangan.

Platrofma keyingi besh-yetti yil ichida 50 ta davlatni qamrab olib, 120 ming bolani dori vositalari bilan ta’minlashni rejalashtirgan. Shu bilan birga, JSST dori vositalarining bepul tarqatilishi pilot fazadan keyin ham davom etishini kafolatlamoqda.

Ushbu dastur haqida ilk bor 2021 yil dekabrda ma’lum qilingan. AQShdagi bolalar shifoxonasi loyihani amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21214 | Инструменты