Bolgariya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda xalqaro o‘quv markazi tashkil etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi direktor o‘rinbosari Azimjon Husanov va Bolgariyaning “VERO Scaffolding” kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqaviy direktori Andrey Samsonov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishildi.
Kelishuv doirasida Qashqadaryoda “Kasbiy tayyorlov markaz”, Samarqandda “Malakani baholash markazi” tashkil etilib, nomzodlarga xalqaro miqyosda tan olinadigan sertifikatlar beriladi va Germaniya hamda Bolgariyada ish bilan taʼminlanadi.
Loyiha joriy yil mart-aprel oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ma'lumot o'rnida, “VERO Scaffolding” kompaniyasi - qurilish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘lib, qurilishni rejalashtirish, konstruksiya hisoblarini tekshirish va havozalarni (lesa) modellashtirish yo‘nalishlarida Yevropada keng tajribaga ega, loyihalarini Yaqin Sharq, Osiyo va MDH davlatlarida ham amalga oshiradi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Latviyada o‘zbekistonlik ishchi kuchiga kvota belgilanmasligi haqida xabar bergan edik. Bugungi kunda ushbu davlatda 4000 dan ortiq o‘zbekistonliklar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu raqamni yana-da ko‘paytirishga ikki tomonda ham istak borligi taʼkidlandi. Shu bois, ishchilar soniga kvotalar belgilanmaydigan bo'ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты