Huawei 1
Bosh prokuratura: 4 ming 562 jinoyat fosh etildi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 ming 265 nafar shaxsning ushlanishi taʼminlandi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Bosh prokurorning mamlakat aholisiga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan masalalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar haqida maʼlumot berdi

O‘tgan davrda prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oila, “Ayollar” va “Yoshlar daftarlari”ga kiritilgan 243 456 nafar xotin - qizlar va 12 332 nafar yoshlarga har tomonlama ko‘mak berishga doir ishlar izchil davom ettirildi.

1501 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 2 382 nafariga o‘zini o‘zi band qilishida, 2 312 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o‘rganish kurslarida o‘qitilishida, 1 103 nafariga moddiy yordam ajratilishida ko‘maklashildi.

Aholi bandligini taʼminlash, ekologik muhitni asrab - avaylash borasidagi vazifalar ijrosi ustidan nazorat kuchaytirilgan holda olib borilmoqda.

Birgina, aholi bandligini taʼminlash sohasida 168 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanildi, 87 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi,10 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda 309 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

755 nafar tadbirkorga 156 mlrd so‘mlik kredit, 284 nafariga litsenziya va ruxsatnoma berilishida, 1635 nafariga kommunikatsiya tizimlariga ulanishida, 1 405 nafariga boshqa muammolari hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 7 762 tasida (82,2%) jinoyat qayd etilmadi, 1 364 tasi (14,4%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.

Huquqbuzarliklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘rilgan choralar natijasida mahallalarning 7 762 tasida yoki 82,2 foizida jinoyat qayd etilmadi. 1 364 tasi yoki 14,4 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi. 

Tezkor-qidiruv sohasida ham nazorat kuchaytirilib, noaniq sharoitlarda sodir etilgan 4 562 ta jinoyat fosh etilishi hamda qidiruvda bo‘lgan 1 265 nafar shaxsning ushlanishi ta’minlandi. 

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 10 602 nafar shaxsga nisbatan 8 505 jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborildi. Bevosita prokuratura organlari tomonidan 2 323 jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 1 960 nafar shaxsga nisbatan 1 288 jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 602,5 milliard so‘mlik zarar undirildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101808 | Инструменты