Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida jami 24,4 km avtomobil yo‘liga asfalt-beton yotqiziladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro festivali bu yil Boysun tumani “Bibishirin” mahallasidagi turizm kompleksida o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 25-fevral kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanda bo‘lib, xalqaro festivalga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi, qurilish-taʼmirlash ishlarining borishi bilan tanishgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112710 | Инструменты