Huawei 1
“Bukhara Night Race” xayriya marafonida 2,500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi

Qadimiy Buxoro shahri uchinchi bor “Bukhara Night Race” yugurish marafoniga mezbonlik qildi. 2023-yilda 1,500 dan ortiq ishtirokchilar tashrif buyurgan ushbu sport tadbirida, joriy yil 20 dan ortiq davlatdan 3,000 ga yaqin qatnashchilar ishtirok etdi. Sportchilar belgilangan masofani diqqatga sazovor maskanlar, masjid va madrasalar,  qadimiy inshootlar uzra kezib o’tishdi. 

An’anaga ko‘ra, marafon bolalar o‘rtasida 300 va 600 metr poygalar bilan boshlandi. Ularning barchasi katta qiziqish bilan start chizig'iga kelishdi. Ota-onalarning qo'llab-quvvatlashi ularga yanada kuch bag'ishladi.

Shuningdek, Bukhara Night Race ning bir qismiga aylangan Shimolcha yurish bu galgi marafonda ham tashkil etildi. Mazkur yugurish marafonida qatnashish uchun Buxoroga ilk bor tashrif buyurganlar ham bor.  

Tadbirning asosiy qismi quyosh botganidan keyin boshlandi. 5 va 10 km masofalarda professional sportchilar hamda havaskorlar ishtirok etishdi. “Sport bilan shug’ullanishni yoqtiraman, har bir musobaqa uchun alohida tayyorgarlik ko’raman” - deydi 5 km masofada g’olib bo’lgan ishtirokchi.

Marafon g’oliblari homiylar tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Tadbir so’nggida, tashrif buyurganlar uchun konsert dasturi namoyish etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты